АBITURIYENTLАR DIQQАTIGА!!!

2022/2023 oʼquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezidentning «Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq “2022/2023 oʼquv yilida Oʼzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʼgʼrisida”gi Farmoyishi qabul qilindi.

Unga koʼra oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 nafar etib belgilandi.

BАKАLАVRIАT – 110 707 nafar:

kunduzgi taʼlim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi taʼlim shakliga – 26 095 nafar nafar;

kechki taʼlim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy taʼlim shakliga – 3 410 nafar;

MАGISTRАTURА – 10 688 nafar.

Shuningdek, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat oliy taʼlim muassasalari toʼlov-kontrakt boʼyicha yana 50 mingdan ortiq qabul parametrlari Kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlanishi rejalashtirilgan. Natijada joriy oʼquv yilida qabul parametrlari oʼtgan yilga nisbatan oshadi.

Manba: Axborot xizmati