Siyosiy-ma’rifat soati o’tkazildi

   

       Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-o’qituvchilari, bo’lim hodimlari va talabalar uchun Siyosiy-ma’rifat soati o’tkazildi.

Ushbu o’quv soatida, mamlakatimizda hafta davomida yuz bergan siyosiy yangiliklar haqida so’z yuritildi. O’quv soati davomida “O’zbekistonda xorijiy tillar” ilmiy-elektron jurnal va portal direktori G.R.Shukurova tomonidan “Zamonaviy media muhit.

Davlat xizmatchilari va OAV Muloqoti” mavzusida trening o’tkazdi. Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmuni) mavzusida Adliya vazirligi maʼsul hodimi D.K.Rajabaevlar ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy kanallar haqida maʼlumot berishdi.

O’qu soati yakunida “Bir chimdim” ma’naviyat rukni ostida O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodidan namunalar berildi.

Filial Matbuot xizmati.