Pedagogika yo‘nalishida 10 ta OTM tashkil etiladi

       Joriy yil 21 iyunda Prezidentimizning “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan tegishli OTM hamda ularning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida quyidagilar tashkil etiladi: 

➖ Urganch davlat pedagogika instituti; 

➖ Namangan davlat pedagogika instituti; 

➖ Guliston davlat pedagogika instituti; 

➖ O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti;  

➖ Andijon davlat pedagogika instituti; 

➖ Buxoro davlat pedagogika instituti; 

➖ Termiz davlat pedagogika instituti; 

➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti; 

➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti; 

➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti. 

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan 2–4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida (darslarning 4 kuni OTMda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida) olib boriladi. 

Har yili pedagog kadrlar tayyorlovchi OTM ixtisoslik kafedralarining kamida 5 foiz professor-o‘qituvchilarini xorijga tanlov asosida malaka oshirish va stajirovkaga yuborish choralari ko‘riladi.  

Ayrim OTM tegishli yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. 

Qarorga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMning ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. 

 O‘zA