Gimnastikachilar tantanali kutib olindi
Joriy yilning 23-26 iyun kunlari Tailandning Pattaya shahrida sportning Badiiy gimnastika turi bo’yicha bo’lib o’tayotgan qit’a chempionatida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali badiiy gimnastika yo’nalishi talabalari Shaxzoda Ibragimova (2-kurs) va Nargiza Djumaniyazovalar (1-kurs) O’zbekiston terma jamoasi tarkibida jamoaviy musobaqada ishtirok etib, jamoaviy baqslarda Osiyo chempioni bo’ldi va oltin medalni qo’lga kiritkanligi haqida ma’lumot bergan edik.
|
|
Bugun Nukus xalqaro aeroportida chempionlarimiz Shaxzoda Ibragimova va Nargiza Djumaniyazovalarni Qoraqalpog’iston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri R.Kazakov tantanali kutib olindi.
Filial Matbuot xizmati.