O‘qishni xorijdan ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlardagi (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMning mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

Arizalar 15 iyuldan 5 avgustgacha my.dtm.uz saytining “Oʼqishni koʼchirish (xorijdan)” bo‘limi orqali qabul qilinadi. 

Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari bilan info.edu.uz sayti orqali tanishish mumkin. 

Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 

O‘zA