O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF‒164-son Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

O‘zbekiston Respublikasining “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi PF‒164-son Farmonining 2-bandidagi “soat 21:00 dan soat 07:00 ga qadar” so‘zlari “soat 23:00 dan soat 05:00 ga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Mazkur Farmon imzolangan kundan e’tiboran kuchga kiradi va ommaviy axborot vositalarida darhol e’lon qilinishi shart.

3. Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga tasdiqlash uchun yuborilsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.

 

          O‘zbekiston Respublikasi

                    Prezidenti                      Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2022 yil 13 iyul