Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Xush xabar

   Qirg’iziston Respublikasining Norin viloyatida 9-14 – iyul kunlari kattalar o’rtasida xalqaro turnir o’tkazilgan edi.

    Ushbu musobaqada O’zbekiston terma jamoasi tarkibida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Boks» yo’nalishining 2-kurs talabasi Daniyarov Madiyar ham 57 kg vazin toifasida ishtirok etib, yaxshi natijaga erishib sovrindorlar qatoridan joy oldi va kumush medali bilan tag’dirlandi.

   12-17-iyul kunlari Qozog’iston Respublikasi Qostanay shahrida yoshlar o’rtasida o’tkazilgan xalqaro turnirida O’zbekiston terma jamoasi tarkibida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Boks» yo’nalishining 1-kurs talabasi Suxrob Aminov 63,5 kg vazin toifasida ishtirok etib oltin medal sohibi bo’ldi.

      Sportchilarni turnirga murabbiylardan R.Seitov va Sh.Aytbaevlar tayorladi.

Filial matbuot xizmati.