Barcha talabgorlar diqqatiga!

     Hozirda Davlat test markazi tomonidan barcha hududlarda o‘qishni ko‘chirish va boshqa turdagi ko‘plab test sinovlari o‘tkazilmoqda.

  Test sinovlari har kuni 2 smenada tashkil etilayotgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomada talabgor qaysi kuni, qayerda test sinovida ishtirok etishi va test sinoviga kelish vaqti ko‘rsatilgan.

   Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmagan holda pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

     Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

    Test sinovlariga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.

   Shu sababli barcha talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport va ruxsatnoma bilan kelishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazi.