DTM apellyatsiya arizalarini qabul qilishni boshladi

Davlat test markazi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlaridan norozi abituriyentlardan apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlanganini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, arizalar my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6 sentyabrga qadar (10 kun) davom etadi. Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim. 
Shuningdek, apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak. 
Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish esa 2022 yil 7 sentyabrdan boshlanadi. 

                                                                                                                                                                                                                                         O‘zA