Chusovitinaning olimpiya libosi Shvetsariyaning «Olimpiya» muzeyidan joy oldi

O‘zbekiston sport gimnastikasining afsonasi Oksana Chusovitinaning Tokio olimpiadasida ishtirok etgan sport libosi Shvetsariyaning Lozanna shahridagi «Olimpiya» muzeyidan joy oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar tarqatdi.

Aytish lozimki, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan mazkur muzeyda olimpiya harakatiga oid minglab eksponatlar, tarixiy hujjatlar, ramzlar mavjud bo‘lib, unda O‘zbekiston sportiga daxldor bir qator osori-atiqalar ham saqlanmoqda. U yerga har yili 250 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyuradi.

Filial Matbuot xizmati