Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi.

Kimlarga beriladi?

✅ O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);

✅ O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi ta’lim shakliga beriladi

✔️ Kunduzgi;

✔️ Sirtqi;

✔️ Kechki.

Masofaviy ta’limga berilmaydi.

❌Quyidagilarga berilmaydi:

➖ super-kontrakt;

➖qo‘shma ta’lim.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

To‘g’ri, ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to‘lamaydi, davlat to‘lab beradi. Aniqrog’i Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg’armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat ta’lim kreditining asosiy qismini to‘laydi xolos.

❓To‘lash qachondan boshlanadi?

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (yani olti oy o‘tib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.

Qaysi banklar beradi?

1. Mikrokreditbank
2. Asaka bank
3. Agrobank
4. Xalq banki
5. Ipoteka bank
6. Qishloq qurilish bank
7. Turonbank
8. Orient finans bank
9. Milliy bank
10. O’zsanoatqurilishbank
11. Hamkorbank
12. Aloqabank

❓Qanday hujjatlar kerak?

1️⃣ bankka ariza;

2️⃣ shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

3️⃣ ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi;

4️⃣ talabaning doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila azolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining taminoti bo‘yicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Filial Matbuot xizmati.