Yangi o‘quv yili “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi

   O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yangi 2022-2023 o‘quv yili “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida ko‘tarinki ruh, o‘zgacha zavqu shavq bilan boshlandi.

    Tadbir davomida 2022-2023 o’quv yili bo’yicha qabul etilgan 1-bosqich talabalarining orasidan  test sinovlarida eng yuqori ball olgan yigit-qizlarga ramziy «Talabalik guvohnomasi» hamda kalit tantanali  topshirildi. 

     Shundan so’ng, har bir o’quv xonalarida «Mustaqillik darsi» tashkil etildi.

   «Mustaqillik darsi» uslubiy qo‘llanma va tarqatma materiallar asosida hayotiy misollar, faktlar va aniq raqamlarga tayanib, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda o‘tkazildi.

   Bo‘lib o‘tayotgan mustaqillik darslarida talabalikka qabul qilingan talabalarga filial tarixi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi.

   Bir so‘z bilan aytganda “Mustaqillik” darslarida mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati, istiqlol yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar, ezgu qadriyatlar va oliy ta’limga e’tibor hamda tinchlik – eng oliy ne’mat kabi mavzular talabalarga tushuntirish berildi.

   Xususan, o‘tgan 31 yil davomida yurtimizdagi barqarorlik, tinch va osuda hayot, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik kabi olijanob fazilatlarning teran ildiz otganiga  urg‘u berildi.

Tadbirga Qoraqalpog’iston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari Adilbek Allanazarov qatnashti.

Filial Matbuot xizmati.