Tanishtiruv haftaligi boʻlib oʻtmoqda

     2022-2023-oʻquv yilida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga talabalikka qabul qilingan talabalar uchun “Tanishtiruv haftaligi” boʻlib oʻtmoqda. Unda filial rahbariyati 1-kurs talabalari bilan uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

      Uchrashuvda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori B.Mambetov ishtirok etdi. Filiali direktori soʻzi avvalida yurtimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlarga toʻxtaldi.
 

     Shuningdek, filialining  odob-axloq qoidalari, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar, faoliyati yoʻlga qoʻyilgan toʻgaraklar, talabalarni ijara joyiga joylashtirish masalalari hamda ijara toʻlovini qoplab berilishi haqida soʻz yuritdi.

     Uchrashuvda fakultet dekani R.Shaniyazov, dekan muovinlari, tyutorlar  ishtirok etib, ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan tushuntirish berdi.

Filial Matbuot xizmati.