Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to’lanadigan ijara to’lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi

Qarorga ko’ra Davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to’lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to’lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to’lovining bir qismini O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish bo’yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tomonidan talabani ijtimoiy mezonlar bo’yicha o’rganish va talabaga oylik ijara to’lovining bir qismini qoplab berishni ko’rib chiqadi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to’lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.

Filial Matbuot xizmati