“Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi” — Prezident

Oliygohlar atrofidagi maktab va bogʻchalarda 13 ming vakant ish oʻrinlari mavjud. Kamida 10 ming nafar talabani ular uchun joylashuvi qulay boʻlgan maktab va bogʻchalarga ishga joylashtirish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Mutasaddilarga davlat korxonalaridagi vakansiyalar boʻyicha har chorakda talabalar oʻrtasida tanlovlar eʼlon qilib borish topshirildi.

Umuman, har bir tarmoq rahbari oʻz sohasidagi oliygohlar bilan tizimli ishlab, salohiyatli talabalarni tanlab borishi kerak.

Masalan, Markaziy bank har yili 3-4 kurs talabalari oʻrtasida tanlovlar eʼlon qilib, 60 nafar talabani haq toʻlanadigan stajirovkaga jalb qilish tizimini yoʻlga qoʻygan. Stajirovka yakunida eng yaxshi talabalarga doimiy ish taklif qilinadi.

Xuddi shunday ishlarni Iqtisodiyot, Moliya, Qurilish, Energetika, Qishloq va Suv xoʻjaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari tizimli tashkil etishi shart.

Ushbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi.

Filial Matbuot xizmati.