Tyutor kim va ushbu faoliyatdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima?

       Tyutor – talabalarning shaxsiy rivojlanishiga, universitet, respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishiga, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishiga ko‘maklashuvchi inson bo‘lib, u yigit-qizlarni kasbga yo‘naltirish, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, turli ilmiy to‘garaklarga jalb etish hamda muammo va kamchiliklarini o‘rganib, ularga atroflicha yechim topish bilan shug‘ullanadi.

    Tyutorlarning asosiy maqsadi – ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda universitet va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarning universitet hayoti va ta’lim jarayoniga moslashishiga ko‘maklashish, ularga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib boradi va sifatini oshiradi, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi.

Filial Matbuot xizmati.