Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Tyutorlarning qanday huquq va majburiyatlari mavjud?

     Har bir tyutor o‘ziga biriktilgan akademik guruhlarning darslarini, talaba davomatini va dars sifatining monitoringini olib borish maqsadida kuzatish, talabalarga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish, TTJga joylashishi uchun e’lon berish va bu boradagi komissiya yig‘ilishida talabaning ishtirokini ta’minlash, talabaga tavsifnoma va akademik ta’til berish masalasini hal qilishda ishtirok etish, ularni rag‘batlantirilishi yoki jazolanishi, turli stipendiyalarga tavsiya qilishda xulosa va fikrnoma berish huquqiga ega.

   Shuningdek, har bir tyutor talabalarning sha’ni va qadr-qimmatini, obro‘sini hurmat qilish, ularning jismoniy, ruhiy va psixologik holatidan muntazam xabardor bo‘lish, o‘quv, ma’naviy va ilmiy faoliyatini monitoring qilib borish, yigit-qizlarning darslarda ishtirokini nazorat qilish, yoshlarning ota-onalari va o‘zi bilan doimiy muloqot qilib borishga majburdir.

Filial Matbuot xizmati.