Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Asadbek Osiyo chempioni…

 

Joriy yilning 22-25-sentabr kunlari Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida WORLD USMANOV’S COMBAT SYSTEMS ASSOCIATION Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Chempionatga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Sport turlari» fakulteti 4-kurs talabasi Qiriqbayev Asadbek Adembay o‘g‘li 100 kilogrammdan yuqori vazn toifasidagi 19-35 yosh bo’yicha KNOSKDVN (A)100 turidan ishtirok etdi.
Asadbekning chempionatdagi raqiblari Qozog‘iston va Tojikistonlik sportchilar bo‘ldi.
Chempionat yakunida barcha raqiblarini mag‘lub qilib Asadbek Osiyo chempioni bo‘ldi.

Filial Matbuot xizmati.