Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Futbol: JCH-2022 muxlislari uchun yangi qoida joriy etildi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 20 noyabridan 18 dekabriga qadar Qatarda futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Kecha mazkur musobaqa tashkiliy qo‘mitasi Qatar ommaviy axborot vositalari orqali o‘yinlarni tomosha qilish uchun mamlakatga keladigan xorijiy futbol ishqibozlari uchun belgilangan me’yorlarni e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qatarga keladigan ishqibozlar mamlakatga kirib kelishidan 48 soat oldin koronavirusning salbiy test javobini taqdim etishi lozim bo‘ladi. Test javobi telefonga yuklangan Ehteraz dasturiga joylashtirilgan bo‘lishi lozim, deyiladi xabarda. 

E’tiborli jihati, bu qoida 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.  

 O‘zA.