Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Sizga tazim aziz ustozlar!

Har yili «1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni» katta iftixor va g‘urur tuyg‘ulari bilan tadbirlar tashkil etilib, umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanadi.

Bugun, 30-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni» bayrami tantanalari filial jamoasi ishtirokida o’tkazildi.

 

Filiali direktori, tarix fanlari nomzodi, docent B.Mambetov tadbirni bayram tabrigi bilan ochib berdi.

Tabdir davomida «1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni» munosabati bilan samarali mehnat qilayotgan, dars jarayonlarini yuqori malaka bilan tashkil etadigan va o‘z kasbining fidoyisi bo‘lgan professor-o‘qituvchilar faxriy yorliqlar, statuetka va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, filial talabalari o’zlarining kuy-qo’shiqlari bilan ishtirokchilar ko’nglini xushnud ayladi.

Tadbir uchun tayyorlangan chiqishlar, ko’ngilochar dasturlar aziz va muhtaram ustozlarimiz uchun chinakam bayram sovg‘asi bo‘ldi.

Bayramingiz muborak aziz ustoz va murabbiylar.

Filial Matbuot xizmati.