Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Kontrakt to‘lash muddati 1 noyabrga qadar uzaytirildi


   Bosh vazirning topshirig‘iga muvofiq, 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontraktni to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2022 yilning 1 noyabri etib belgilandi.

    Uzaytirilgan to‘lov-kontrakt muddati OTMning bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari uchun amal qiladi.

   Ma’lum qilinishicha, 2022-20223-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va abituriyentlar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning uzaytirilgan muddati to‘lov-kontrakt asosida talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

Filial Matbuot kotibi.