Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Ijarada turadigan 1-kurs talabalariga 2 oylik ijara kompensatsiyasi hech qanday shartnomasiz to’lab beriladi

   Vazirlar Mahkamasining bayoniga binoan, talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan uzoq hududlardan kelgan birinchi kurs talabalariga, istisno tariqasida, oliy ta’lim muassasalariga ajratilgan mablag’lar doirasida sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan ijara kompensatsiyasi to’lab beriladi. Ijara shartnomasini taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to’lovlar davom ettiriladi.

   Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan birinchi kursda tahsil olayotgan, ijarada yashayotgan talabalar ro’yxatini shakllantirish hamda ijara kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish yuzasidan rektor (direktor) buyrug’i rasmiylashtirilib, tegishli mablag’lar to’lanishi belgilandi.

Filial Matbuot xizmati.