Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Doktoranturaga hujjat topshirish muddati uzaytirildi

   Maʼlumki, tegishli qarorga muvofiq oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarining barcha shakllariga maxsus elektron platforma orqali 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar hujjat topshirish belgilangan.

   Talabgorlarga qulaylik yaratish, shuningdek, ilmiy tadqiqot faoliyatiga ham qiziqish ortgani munosabati bilan hujjat topshirish muddati joriy yil 22-oktabrga qadar uzaytirildi.

   Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlarida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga oʻqitish uchun qabul kvotalari 50 foizga oshirilgan.

   Eslatib oʻtamiz, arizalar Yagona elektron platforma — phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinmoqda.

Filial Matbuot kotibi.