Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi keng nishonlandi

    Bugun 21-oktabr o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Til har bir millatning ko‘zgusi, uning haqiqiy sarchashmasidir. Til bor ekan, millat barhayotdir. Tilni Onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini tuymasdan yashay olishi mumkin emas.

 

     Bugun o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘ldi. Mana shu davr mobaynida o‘zbek tilining haqiqiy jozibasi, uning go‘zalligini dunyoga tanitish uchun qanday ishlar amalga oshirildi?

    O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida bo‘lib o‘tgna ma’naviy-ma’rif tadbir ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.

    Unda so‘z olganlar O‘zbek tili nafis va musiqa ohangidek jozibadorligi, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligini ta’kidlashdi.

Filial Matbuot kotibi.