Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

“Jaholatga qarshi ma’rifat”

 

  Joriy yilning 3-noyabr kuni filialimizda  “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir o’tkazildi.Tadbirni Yoshlar masalalari bo’yicha direktor maslahatchisi B. Joldasov ochib berdi.


  Tadbirga «Imom e’shon Muhammad jome masjidi imomi Sh.Qudaybergenov, Din ishlari bo’yicha hududiy boshqarma  mutaxassisi B. Ayımbetova,Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo’limi raxbari Q.Nuratdinov va Qoraqalpog’iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik bo’limi boshlig’i, mayor D.Seytmuratovlar ishtirok etdilar.


    Tadbirning asososiy maqsadi talaba-yoshlarning ilg’or g’oya,taklif va tashabbuslari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini hal qilish hamda talaba-yoshlar ortasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” tushunchasini singdirish borasida targ’ibot ishlari olib borildi, videoroliklar namoyish qilindi.

 

Tadbirda  shukronalik, ogohlik, nafs, tavoze, farz amallar,ilm-ma’rifat mavzulariga alohida to’xtaldi.Uchrashuv so’ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan keraklicha javob berildi.

Filial Matbuot kotibi