Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz

   18-noyabr – “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i kuni”ga bag‘ishlangan «1 ta vatanda 1 ta vaqtda, 1 ta masofaga, 1 ta maqsadda – Birga yuguramiz» shiori ostida respublikamizning 15 ta  (Andijon, Namangan, Farg‘ona, Qo‘qon, Chirchiq, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Urganch, Nukus, Toshkent) shahrida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

   Mazkur marafonda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali rahbariyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlaridan iborat jamoasi ham faol ishtirok etdi.

   Shuningdek, musobaqa doirasida konsert dasturlari tashkil etilib, g’oliblar mutassadi rahbarlar ishtirokida qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

Filial Matbuot xizmati.