Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 aprel kungi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli qaroriga asosan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish, shuningdek kelgusida akademik almashinish va hamkorlik aloqalarini amalga oshirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumilyav nomidagi Yevrosiyo milliy universitetining «Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi» dosenti, pedagogika fanlari nomzodi Marchibaeva Ulbosin Sametxanovna hamda katta o‘qituvchi Moiseeva Natalya Anatolevna shu yilning 28-30-noyabr kunlari oralig‘ida talabalarga dars mashg‘ulotlarini o‘tish uchun filialimizga keldi.

Bugun 28-noyabr kunidan boshlabfilial talabalariga «Adaptiv va sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiyasi» fanidan ilk darslarini o‘tib boshladi.

Filial talabalari qozog‘istonlik professor-o‘qituvchilar darslarini qunt bilan o‘zlashtirmoqda.

 

Filial Matbuot xizmati.