Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Qoraqalpog’iston terma jamoasi tarixda birinchi bor “Universiada” sport o’yinlarining chempioni bo’ldi

 Barchangizning xabaringiz bor O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalar orasida bosqichma-bosqich o’tkazilayotgan “Universiada-2022” musobaqalarida sportning Basketbol turi bo’yicha O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalaridan tashkil topgan erkaklar jamoasi saralash bahslarida barcha raqiblaridan ustidan g’alaba qozonib musobaqaning final bosqichiga yo’l olgan edi.

   Shu yilning 11-14-dekabr kunlari oralig’ida “Universiada-2022” sport musobaqalarining final bosqichi Jizzax viloyatida bo’lib o’tdi.

  Ushbu musobaqada filial yigitlaridan tuzilgan terma jamoamiz a’zolari Toshkent viloyati jamoasi ustidan 53:47 hisobida, Andijon viloyati jamoasi ustidan 72:25 hisobida va Samarqand viloyati jamoasi ustidan 64:23 hisobi bilan ishonchli tarzda g’alaba qozondi.

  Qizg’in bellashuvlarga boy tarzda o’tgan musobaqada filial yigitlaridan tuzilgan jamoamiz barcha raqiblarga hech qanday imkoniyat qoldirmay, Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixida birinchi marta erkaklar o’rtasida sportning Basketbol turidan “Universiada” sport musobaqalarining g’olibi bo’ldi.

 G’olib bo’lgan jamoa a’zolari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining diplom, medal va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

 Jamoa a’zolarini musobaqaga A.Avezbayev, T.Mambetjumayev va S.Amaniyazovlar tayyorladi.

 

Filial Matbuot xizmati.