Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Munosiblar taqdirlandi!

  O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2022-yilning sarxisobi bo’yicha yig’ilish o’tkazildi. Majlisni filiali direktori B.Mambetov ochib berdi va olib bordi.

  Filial direktori talabalarni Yangi yil bayrami bilan qutlab, 2022-yil filial uchun sermaxsul yil bo’lganini alohida ta’kidladi. Jumladan, 2022-yilda Turkianing Konya shaxrida o’tkazilgan Islom birdamlik o’yinlarida filialning 3 nafar talabasi ishtirok etib 5 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo’ldi. Tailand davlatining Pattaya shaxrida o’tkazilgan sportning badiiy gimnastika turi bo’yicha Osiyo chempionatida filialning talabalari Ibragimova Shaxzoda va Jumaniyazova Nargiza ishtirok etin yakunda jamoaviy baxslarda oltin medalga ega chiqishdi. 2022-yilda filialning jamoat ishlarida faollik ko’rsatgan va sport musobaqalarida sovrinli o’rinlarni qo’lga kiritgan 96 nafar talaba talabalarni rag’batlantirish jamg’armasi hisobidan bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari miqdorida moddiy rag’batlantirildi.

 Shuningdek, «Universiada – 2022» musobaqalarining final bosqichida muvofaqqiyatli ishtirok etib, yakunda oltin medalni qo’lga kiritgan filial basketbol terma jamoasining 9 nafari a’zosi bazaviy stipendiyaning 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandi.

  Ushbu taqdirlangan talabalarga boshqa talabalar ham havas qilib kelajakda filial rivoji uchun o’z hissasini qo’shadi degan umiddamiz.

B.Sobirov,

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i.