Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li

      2022-yilning 20-dekabr sanasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga qaratilgan navbatdagi Murojaatnomasini o‘zgacha hayajon va diqqat – e’tibor bilan tingladik. Bu oddiy murojaat emas, balki kelasi yil bajarilishi lozim bo‘lgan oltita yo’nalishdagi ishlarimiz, ayniqsa, inson qadr-qimmati oliy darajaga ko‘tarilganligi, shu bilan birga, ta’lim-tarbiyaga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligi hamda Uchinchi renessans davrining asosiy mezoni desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

      Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilayotgan ta’lim-tarbiyaga e’tibor, o‘qituvchi hamda murabbiylarimizga imkoniyatlar yaratish uchun har bir rahbar, har bir fuqaro mas’ul ekanligi bilan bog‘liq vazifalar aniq belgilab berildi.

      Eng avvalo, bu yilga berilgan nomni butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlar xursandchilik bilan kutib oldilar. Chunki yangi 2023-yil respublikamizda   –    “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Yangi 2023-yilda ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ta’limni yanada mustahkamlash bo‘yicha yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar davom etadi.

    Murojaatnoma O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali   professor-o’qituvchilari va talaba yoshlarining ma’naviy, ijtimoiy-siyosiy bilimlarini oshirish, ularni ona Vatan ishongan va suyangan istiqbolli kadrlar sifatida tarbiyalashda xizmat qiladi. 

      Yurtboshimizning ushbu Murojaatnomasidan kelib chiqib, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi o‘z oldida turgan dolzarb vazifalarni belgilab oldi. Avvalambor, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga  bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok etadigan, jismoniy tarbiya va sport sohasida oliy ta’lim dasturlarini amalga oshirishni ta’minlashga o‘z kuch – g‘ayratlarini safarbar etadigan professional yosh sportchilarni tayyorlash, sifatli ta’lim berish usullarini yanada mustahkamlash, yangi innovasion g‘oyalar va ilmiy ixtirolar asosidagi yangidan-yangi ilmiy ishlanmalarni sohaga keng tatbiq etish shular jumlasidandir.

    Muhtaram Prezidentimiz ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘li ekanligini alohida e’tirof etdilar. Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek: “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, Bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”. Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, o‘quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal etishimiz kerak…

   Buning uchun yangicha qarash, yangi g‘oya va yangi rejalargina davlatning istiqboli, jonajon Vatanimiz ravnaqi va xalqimizning farovonligiga dahldor amaliy natijalarni belgilab berishi aniq. Shu maqsadda biz yoshlarimizni jismoniy tarbiya va sport sohasi bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar, xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash, sportga yo’naltirilgan ilmiy amaliy tadqiqotlarni olib borish va innovatsiyalarni amalga oshirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlariga mutaxassislarni keng jalb qilish, yoshlarning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko‘proq ahamiyat berishimiz va bu yo‘lda sobitqadam bo‘lishimiz lozim.

Anvar Xudaybergenov,

O’zDJTSU Nukus filiali assistent-o’qituvchi.