Logo
Ózbekstan Respublikası
Dene tárbiya hám sport
universiteti Nókis filialı

DIQQAT E’LON

 

  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-may kungi «O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 5729-sonli hamda 2020-yil 29-iyun kungi «O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 6013-sonli Farmonlari bilan O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yashirin iqtisodiyot, korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish maqsadida 2022-yil 2-fevraldan boshlab «Korrupsiyaga qarshi kurashish va «kompleans» nazorat tizimini boshqarish» bo’limi o’z faoliyatini boshlagan edi.

    O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining https://t.me/KOMPLAENS_B telegram kanalai orqali korrupsiyaga bog’liq holatlar bilan yaqindan tanishib borishingiz mumkin.

  Shuningdek, Sizdan rahbariyat va professor-o’qituvchilar har-xil ta’magirlik yo’li bilan pora talab qilgan hollarda filialning «Korrupsiyaga qarshi kurashish va «kompleans» nazorat tizimini boshqarish» bo’limi tomonidan tashkil etilgan @ANTIKARRUPSION_SPORT_NFBOT murojaat botiga murojaat qilishingiz mumkin.

Filial matbuot xizmati.