Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!
Bugun O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!!!” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari – D. Nurıshov, filial profilaktika inspektori – R.Ismayilov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo’limi bosh mutaxassisi H.Jaliyevlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talabalarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari va bular natijasi yaxshilik bilan tugamasligi tushuntirildi.
Filial Matbuot xizmati.