Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Doktorantlar, ilmiy izlanuvchi va magistrantlar diqqatiga!

   Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti muassisligidagi «Sportda ilmiy tadqiqotlar» jurnali O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 2022-yil 15-dekabrdagi 328-sonli Rayosat qarori bilan pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari bo’yicha dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritildi.

   Mazkur jurnal nafaqat respublikamiz olimlari, balki etakchi xorijiy davlatlardagi taniqli olim va mutaxasisslarning ilimiy maqolalarini chop etishga mu‘ljallangan.
   Unda:

-sport mashǵulotlari: texnika, taktika, uslubiyati;

-taʼlim iqtisodiyot va menejment;

-bolalar-uʽsmirlar sporti;

-pedagogik kadrlarni tayorlash;

-jismoniy tarbiya va spotning tibbiy-biologik va ijtimoiy-psixologik asoslari;

-jismoniy tarbiya va muommolari;

-ommaviy jismoniy tarbiya va sport;

-olimpizm kabi ruknlaridagi mavzular keng yoritib boriladi.

   Hozirda Ilmiy jurnalning 2023-yilgi 1-soni nashrga tayyorlanmoqda. Shu munosabat bilan Tahririyatga ilmiy maqolalaringizni taqdim etishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

   Maqolalarni yuborish uchun @sitjournal_bot

   Jurnalning rasmiy telegramm kanali @sit_journal

 

Filial Matbuot kotibi.