Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash darajasini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma
Oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurash darajasini aniqlash va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur so‘rovnomada ishtirok etayotganingizdan bag‘oyatda mamnunmiz!
Sizning fikringiz korrupsiyaga qarshi kurash muammolariga chuqurroq kirib borib, ularni hal etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan ham savollarga iloji boricha xolis va samimiy javob berishga harakat qilishingizni so‘raymiz. Chunki, Sizning xolis javobingiz korrupsiyaga qarshi kurashishda juda muhimdir!
