Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

FILIALINING “TARLAN” FUTZAL JAMOASI QORAQALOPG‘ISTON RESPUBLIKASI IKKINCHI LIGASIDA ZAFARLI ODIMLARINI DAVOM ETTIRMOQDA

   O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialining “TARLAN” futzal jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ikkinchi ligasi Futzal bo‘yicha Pobeda -1222 chempionatida o‘z ishtiroklarini olib bormoqdalar. Qizg‘in va murosasiz o‘yinlar natijasiga ko‘ra “Tarlan” jamoamiz umumiy hisobda 17-tur yakunlariga ko‘ra 31 ochko jamg‘arishga erishdi. Jamoa to‘liq filial talabalaridan tashkil qilingan bo‘lib, futbolchilarga Kutlimuratov Muxammeddin va Qayipnazarov Talg‘atlar murabbiylik qilib kelishmoqda.

   17-tur o‘yinlarida “TARLAN” jamoamiz “QARAQALPAQ GAZ” jamoasi bilan o‘yin olib bordi va 13:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Jamoamizdan gollarni;

     Aleksandrov Arislan 3 gol

     Madatov Nodir 1 gol

     Tajibaev Jasur 1 gol

     Kaipnazarov Talg‘at 2 gol

     Yusupov Jaxangir 2 gol

     Kutlimuratov Muxammeddin 2 gol

     Barliqbaev Anvar 2 golni o‘z hisoblariga yozdirib qo‘ydilar.

    Ushbu chempionat filialimizning ko‘plab futbolchi talabalari uchun, darslar davomida o‘rgangan amaliy ko‘nikmalarini va taktik uslullarini sinovdan o‘tkazuvchi katta tajriba maydoni sifatida xizmat qilmoqda.

   “TARLAN” jamoamizning o‘yinchilari va murabbiylariga kelasi turlarda ham shunday ishonchli, yorqin g‘alabalarni tilab qolamiz.

18-fevral kuni jamoamiz 18-turni o‘yinlarini “MOYNAQ-SITI” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Jasur Shamuratov,

O‘zDJTSU Nukus filiali o‘qituvchisi.