“Onalar alla aytganda” nomli tanlov o’tkazildi
Talaba qizlarni hayotga, oilaga, kelajakda ona bo’lishga tayyorlash maqsadida filialda 21-fevral kuni “Onalar alla aytganda” nomli tanlov o’tkazildi.
Tanlovga qatnashgan talaba qizlarning ijodkorligi va ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar bo’yicha bilimlari sinovdan o’tkazildi.
Tanlovda talaba qizlarning allani milliylik, jonli ovozda ijro qilish mahorati va allaning mazmuniga e’tibor qaratildi.
Tanlov yakunida 1-o’rinni Psixologiya (sport) mutaxassisligining 3-kurs talabasi Kewlimjaeva Feruza, 2-o’rinni «Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport» mutaxassisligi 3-kurs talabasi Matchanova Rima, 3-o’rinni Psixologiya (sport) mutaxassisligining 3-kurs talabasi Abdinazarova Nilufar egalladi.
G’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan Diplom va esdalik sovg’alari bilan mukofotlandi.
Shu jumladan, faol qatnashgan ishtrokchilar Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Filial Matbuot kotibi.