Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zining iqtidori, izlanuvchanligi, muhim g‘oya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yurtimiz yoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida bor kuch-g‘ayrati, zamonaviy bilim va malakasi, ma’naviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida:

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                         Sh.Mirziyoyev

 
 

 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar

R O‘ Y X A T I

Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Samandarova Barno Tozaboy qizi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Abdukarimova Feruza Ulug‘bek qizi – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Muxtarxo‘jayeva Durdona Mutalibjon qizi – D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati)

Aminova Niginabonu Baxriddinovna – Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati)

G‘ayratova Gulzoda San’at qizi – Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Anvarbekova Charos Anvarbek qizi – Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati)

Shokirova Samira Salohiddin qizi – Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Suyunova Madina Muhiddin qizi – Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi

To‘rayeva Ma’mura O‘ral qizi – Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi

Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi – Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi

Raxmatova Dildora Ismat qizi – Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi

Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi – Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Xudoyorova Farangiz – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi «Alisher Navoiy» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi

Ergashova Baxora Sayfillo qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati)

Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi – Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Obidova Hilola Ilhomjon qizi – Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi «Beton sanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari

Ilmatova Rinata Rinatovna – Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti

Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi – Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Isomadinova Go‘zal Zaxriddin qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Yo‘ldosheva Nargiza Daston qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)

Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi – Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi

Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi – Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi – Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Yusupova Indira Rustamovna – Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi

Abdullayeva Shirin Baxodirovna – Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi – Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi

 

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                                                                                                                             Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri, 

2023 yil 6 mart

Skip to content