“Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki” shiori ostida tadbir o‘tkazildi

Bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida “Konstitutsiya – meniki, sizniki va barchamizniki” shiori ostida, yangilanayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targʻibotiga bagʻishlangan “Yoshlar va Konstitutsiya” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda, filialning talaba-yoshlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

Tadbirda, Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi bo’lim boshlig’i A.O‘teuliyev tomonidan yig‘ilganlarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar haqida, shuningdek, referendum oʻtkazish tartibi, unda ishtirok etish boʻyicha huquqiy tushunchalar berildi.

Filial Matbuot xizmati.