“KONSTITUTSIYA O‘ZIMIZNIKI” SHIORI OSTIDA MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga befarq emasligini qo‘llab-quvvatlash, vatan ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan jarayonlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlash bugunning dolzarb masalasidir.

Shu maqsadda, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Konstitutsiya o’zimizniki» nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirda o’z sohasi bo’yicha yillar davomida respublika uchun mahoratli sportchilarni tarbiyalab kelgan faxriy-murabbiylar – M.Kaukeshov, J.Tajimuratov, Dj. Sultanmuratovlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari – D.Nurishov ochdi va olib bordi.

Tadbirda filial talabalari “Konstitutsiya seniki, meniki, bizniki, o‘zimizniki” shiori bilan referendumga befarq emasliklarini ko‘rsata oldilar.



Filial matbuot xizmati.