«KONSTITUSIYA MENIKI, SENIKI, BIZNIKI! KONSTITUSIYA O‘ZIMIZNIKI!»

Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan oʻtkaziladigan referendum haqida har bir fuqaro albatta bilimga ega boʻlishi, qonunchilikni yaxshi bilishi, oʻz huquqlaridan toʻla-toʻkis unumli foydalanishi gʻoyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana shu maqsadda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Nukus harbiy sudining sudya yordamchisi R.Nurniyazov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida filial direktorining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o’rinbosari D.Nurishov Konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush-tarzi farovonligiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlagan holda, joriy yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumga befarq bo‘lmasdan, mamlakatimizdagi muhim siyosiy jarayonda faol ishtirok etish lozimligini taʼkidlab, tadbirni tantanali ochib berdi.

Sudya yordamchisi tadbir ishtirokchilariga referendum qonunchiligi va amaliyoti boʻyicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borib, talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi.
Filial Matbuot kotibi.