Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Qoraqalpog’iston Respublikasidan har yili 6 500 nafar yosh qo’shimcha qabul parametrlari asosida o’qishga qabul qilinadi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustda «Qoraqalpog’iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-213-son farmoni qabul qilindi.

   UNGA KO’RA:

   – 2022/2023-o’quv yili uchun Qoraqalpog’iston Respublikasida umumiy o’rta, o’rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarini tamomlagan 500 nafar, keyingi o’quv yilidan esa har yili 1-sentyabrga qadar 6 500 nafar yoshlarning viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga qo’shimcha qabul parametrlari asosida o’qishga qabul qilinadi.

  Bunda, mazkur qabul ko’rsatkichlari bo’yicha o’qishga qabul qilingan talabalarga ajratilgan ta’lim kreditlari bo’yicha foiz to’lovlarini Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg’armasi hisobidan qoplab berish imkoniyati yaratiladi.

  – Qoraqalpog’iston Respublikasidagi davlat oliy ta’lim muassasalarini salohiyatli professor-o’qituvchilar bilan ta’minlash maqsadida 2023-yildan boshlab mamlakatimizning etakchi oliy ta’lim muassasalarida ekologiya, qishloq xo’jaligi, irrigatsiya va qurilish yo’nalishlari bo’yicha tayanch doktoranturada kadrlarni maqsadli tayyorlash yo’lga qo’yiladi.

Filial Matbuot kotibi.