Filialda attestatsiya va akreditatsiya jarayonlari boshlandi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akreditatsiyasidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 97-son buyrug‘iga muvofiq attestatsiya va akreditatsiya jarayonlari boshlandi.

Ayni vaqtda esa filial faoliyatini tashqi baholashga jalb etilgan ekspert komissiyasi tomonidan filial tashkiliy-faoliyatining samaradorligi, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat hamda me’yoriy-uslubiy hujjatlarning ta’lim jarayoniga tadbiq etilish holatlari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jarayon joriy yilning 27-may kuniga qadar davom etadi.
Filial matbuot xizmati.
