Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Zaynab Dayibekova – Osiyo chempioni!

  Xitoyning Usi shahrida oʼtayotgan qilichbozlik boʼyicha Osiyo chempionatida Oʼzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Zaynab Dayibekova sablya yoʼnalishida oltin medalni qoʼlga kiritdi.

 Dayibekova saralashda Vyetnam, Xitoy, Аvstriya vakillarini, yarim finalda hindistonlik Bxavani Chadalavadani, finalda esa uch karra jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi janubiy koreyalik Jisu Yunni magʼlubiyatga uchratdi. Bu filial talabasining kattalar oʼrtasidagi Osiyo chempionatlarida qoʼlga kiritgan birinchi oltin medali!

 

Filial matbuot kotibi.