Joriy yil 51 ta OTMda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tashkil etiladi
Belgilangan tartibga ko‘ra, kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga qo‘yiladigan talablar hamda ularning iqtidorini baholash mezonlari har bir OTM tomonidan ishlab chiqiladi hamda tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlanadi. Tasdiqlangan imtihon dasturlari va baholash mezonlari OTM rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu tasdiqlangan imtihon dasturlari va baholash mezonlari @eduuz rasmiy kanalida ham berib borildi.
Ushbu imtihonlar har yili onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari tugagandan so‘ng (20-iyuldan keyin), iyul-avgust oylarida bevosita OTMlarda tashkil etiladi va barcha jarayonlar ularning rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali yoritiladi.
Shu bois, kasbiy (ijodiy) imtihonlari mavjud OTMlarning veb-sayt va Telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib borish tavsiya etiladi.
Filial Matbuot kotibi.

