Kasbiy ijodiy imtihon
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida abituriyentlar Suzish, Yunon-rum kurash, Dzyudo va Voleybol ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishni boshladi.Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari keng jamoatchilik vakillari, jumladan, OAV xodimlari tomonidan kuzatilmoqda.
Abituriyentlarning ota-onalari O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali haqidagi mulohazalari va imtihonlarning tashkil etilishi bilan bogʻliq masalalar haqidagi fikrlari bilan tanishish, takliflarini o‘rganish maqsadida universitet psixologlari tomonidan so‘rovnomalar oʻtkazilmoqda.
Eslatma: Аbituriyentlar qabul komissiyasi apellyatsiyalar bilan ishlash hayʼatiga imtihon natijalari eʼlon qilingandan soʼng, 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmuni faqat oʼzlarining toʼplagan ballari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqiladi.
Filial Matbuot xizmati.




