Kasbiy ijodiy imtihon
O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2023/2024-o’quv yili uchun shu yilning 24-28-iyul kunlari kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkazilmoqda. O’tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda abituriyentlar o’z mahoratlarini sinovdan o’tkazmoqdalar.
Imtihonlarning adolatli va shaffof o’tkazilishini nazorat qilish va imtihon jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi boshqarma boshlig’i R.Matkarimov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Allanazarov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi Qo’mita raisi Z.Reymova va Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi deputatlari imtihon o’tkazilayotgan sport majmualarida bo’lishdi.
Filial Matbuot xizmati.



