Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi

Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi
2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz (https://my.edu.uz/) orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
- oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
- diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
- hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitet Nukus filialida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjatlar qabul qilinadi:
✅ Kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida:
- Sport faoliyati: basketbol
- Sport faoliyati: boks
- Sport faoliyati: voleybol
- Sport faoliyati: velosport
- Sport faoliyati: suzish
- Sport faoliyati: yengil atletika
- Sport faoliyati: qo’l to’pi
- Sport faoliyati: qilichbozlik
- Sport faoliyati: og’ir atletika
- Sport faoliyati: eshkak eshish
- Sport faoliyati: futbol
- Sport faoliyati: badiiy gimnastika
- Sport faoliyati: dzyu-do
- Sport faoliyati: erkin kurash
- Sport faoliyati: kurash
- Sport faoliyati: badminton
- Sport faoliyati: yunon-rum kurashi
- Sport faoliyati: shaxmat.
Filial Matbuot xizmati.