Targ’ibot ishlari olib borilmoqda…

Bugun 19-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-mart kungi «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi PQ-2833-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’i A.Menlimuratov va filial profilaktika inspektori, kapitan R.Ismailov ishtirokida 1-kurs talabalari bilan «Sog’liqqa qarshi jinoyatlar, jinoyat oqibatlari va qo’llaniladigan jazo turlari» haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Filial Matbuot xizmati.