Talaba-qizlarga pazandalik sirlari o‘rgatildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida pazandachilik to‘garagi tashkil etilgan edi.

Filialda tahsil olayotgan talaba-qizlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va pazandalik sirlarini o‘rgatish maqsadida bugun 21-fevral kuni direktorning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan birgalikda to‘garak a’zolari somsa pishirdi.

Bir-biridan mazali bo‘lib pishirilgan somsalar filial mehnat jamoasi a’zolariga va talabalarga mazasini tatib ko‘rish uchun tarqatildi.

Filial Matbuot xizmati.