Universitet rektori joylarda olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi

Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori universitetning Nukus filiali direktori bilan birgalikda markaziy «Turon» stadionida bo‘ldi. U yerda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishib, quruvchilar bilan suhbatlashdi va stadionni sifatli qilib qurib bitkazish bo‘yicha o‘zining fikr va takliflarini bildirdi.

So‘ng yaqinda qurilish-ta’mirlash ishlari yakunlangan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpog‘iston futbol akademiyasini borib ko‘rdi.


Filial Matbuot xizmati.